Ushbu siyosat MayDon MChJ (keyingi o'rinlarda — "biz") MayDon mobil ilovasi va maydonstore.uz sayti orqali qanday shaxsiy ma'lumotlarni to'plashini, nima uchun to'plashini va kimga uzatishini tushuntiradi.
Qisqacha. MayDon — yuridik shaxslar uchun ulgurji savdo platformasi. Biz faqat ro'yxatdan o'tish, shartnoma rasmiylashtirish va buyurtmani yetkazib berish uchun zarur ma'lumotlarni so'raymiz. Ilovada reklama identifikatori, tashqi analitika yoki kuzatuv (tracking) tizimlari yo'q. Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Nima uchun. MayDon yuridik shaxslar o'rtasidagi savdo (B2B) platformasi. Passport va STIR ma'lumotlari O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzish va elektron hisob-faktura rasmiylashtirish uchun talab qilinadi.
| Ruxsat | Nima uchun |
|---|---|
| Joylashuv (aniq va taxminiy) | Shahringizni avtomatik aniqlash; ombor xodimi uchun ish joyida ekanini tasdiqlash; kuryer marshrutini kuzatish (faqat yetkazish jarayonida). Ilova yopiq turganda joylashuv olinmaydi — fon rejimida kuzatuv ruxsati so'ralmaydi. |
| Kamera | Shtrix-kod skanerlash, mahsulot suratini olish, profil rasmi, yetkazib berishni surat bilan tasdiqlash. |
| Rasmlar (galereya) | Mahsulot surati, kompaniya logotipi va profil rasmini tanlash. |
| Bildirishnomalar | Buyurtma holati o'zgarganda xabar berish. |
| Fayl tanlash | PDF hujjat yuklash (masalan, nakladnoy). |
Ilova mikrofonga murojaat qilmaydi (bu ruxsat maxsus bloklangan), kontaktlar ro'yxatini o'qimaydi va SMS xabarlaringizni ko'rmaydi.
Quyidagi hollardan tashqari ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi:
| Kim | Nima uzatiladi | Nima uchun |
|---|---|---|
| Eskiz (eskiz.uz, O'zbekiston) | Telefon raqami va bir martalik tasdiqlash kodi | SMS yuborish |
| Expo (push xizmati) | Qurilmaning push tokeni va xabar matni | Bildirishnoma yetkazish |
| Telegram | Buyurtma raqami, mijoz ismi va telefoni, summa | Platforma administratoriga yangi buyurtma haqida xabar |
| Google (Gemini) | Siz "rasm orqali qidirish" uchun yuborgan surat | Suratdan mahsulotni topish. Bu funksiyadan foydalanmasangiz, hech qanday surat yuborilmaydi |
| orginfo.uz | Siz kiritgan STIR raqami | Kompaniya nomini ochiq davlat reyestridan tekshirish |
| Didox / Soliqservis | STIR, kompaniya nomi, shartnoma raqami | Elektron shartnoma va hisob-faktura |
| Payme, Click | Faqat buyurtma raqami va summa | To'lov sahifasiga o'tkazish |
Karta ma'lumotlari. Bank kartangiz raqami, amal qilish muddati va CVV kodi bizning serverimizga hech qachon kelmaydi va saqlanmaydi. Ularni to'g'ridan-to'g'ri to'lov tizimining o'z sahifasiga kiritasiz. Ilovaning o'zida karta orqali to'lov yo'q — to'lov bank o'tkazmasi orqali yoki tasdiqlangan xarid limiti doirasida amalga oshiriladi.
Barcha ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverda (UzCloud) saqlanadi. Ilova va sayt server bilan faqat shifrlangan HTTPS aloqasi orqali gaplashadi. Ma'lumotlar bazasining zaxira nusxalari 7 kun davomida saqlanadi va keyin avtomatik o'chiriladi.
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari (passport, bank rekvizitlari, PIN hash) faqat hisob egasining o'ziga va platforma administratoriga ko'rinadi. Boshqa foydalanuvchilar ularni ko'ra olmaydi.
Hisobingizni istalgan vaqtda o'zingiz o'chirishingiz mumkin:
Ilovada: Profil → Hisobni o'chirish.
Yoki support@maydonstore.uz manziliga ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizdan yozing.
O'chiriladi: ism, telefon, tug'ilgan sana, passport ma'lumotlari, STIR, bank rekvizitlari, PIN hash, push token — ya'ni profilingiz butunlay.
Qoladi: allaqachon rasmiylashtirilgan buyurtmalarning moliyaviy yozuvlari (raqami, sanasi, summasi, yetkazish manzili) — ular buxgalteriya hujjati hisoblanadi va qonun talab qilgan muddatgacha saqlanadi. Zaxira nusxalarda ma'lumot 7 kun ichida yo'qoladi.
MayDon — yuridik shaxslar uchun mo'ljallangan savdo platformasi. Xizmatdan faqat 18 yoshdan katta, kompaniya nomidan ish yuritishga vakolatli shaxslar foydalanishi mumkin. Biz bolalardan ataylab ma'lumot to'plamaymiz.
Ushbu siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz. Sahifa yuqorisidagi "Oxirgi yangilanish" sanasi joriy tahrirni bildiradi.
Savollar va shikoyatlar uchun: